Aprel oyida Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga bepul beriladigan yeguliklar ichidan tabletka chiqqani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasi bu kabi xabarlar keytering firmalarining raqobatchilari tomonidan qasddan tarqatilganini ma’lum qildi.
Xo‘jayli tumanidagi 41-maktabda o‘quvchilarga berilgan shokolad ichidan qum, keks ichidan esa qizlar sochiga taqadigan vosita chiqdi. Bolalarga berilgan “Stel” shokoladi tashqi ko‘rinishidan “Step” shokoladiga juda o‘xshash va u kontrafakt mahsulot bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston XTV holat o‘rganilayotganini bildirdi.
Senat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston va Xorazm maktablarida o‘quvchilarga bepul ovqat berish tizimini o‘rgandi. Ishlab chiqarish muddati yo‘q mahsulotlar olingani, sifat nazorati jurnali yuritilmagani aniqlandi. Zararlangan oziq-ovqat tarqatilgan Kegeylidagi maktablar direktorlari jarimaga tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting